20 iyu 08:46
Yangiliklar
Futbol
Rasman: "Liverpul" "Roma"dan Alissonni sotib oldi FOTO
Angliyaning "Liverpul" klubi "Roma"dan darvozabon Alisson Bekerni sotib oldi.
Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi. Yigirma besh yoshli kiperning transferi 62,5 mln evroni tashkil etdi, yana 10 millionni esa "Roma" turli bonuslar ko'rinishida oladi.
SHunda transferning umumiy summasi 72,5 mlnni tashkil etadi. Kelishuv qancha muddatga tuzilgani hozircha xabar qilinmadi. Oldinroq, Britaniyaning "The Times" nashri shartnoma 6 yilga mo'ljallanishini yozgan edi.
Havola :
Fikrlar