07 sen 10:42
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Maradona Meksika 2-divizioni jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona Meksikaning “Dorados” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
“Dorados” klubi Meksika shimoli-g'arbida joylashgan Sinaloa shahri sharafini himoya qiladi. Jamoa yaqindagina bosh murabbiy Fransisko Gamesni istefoga chiqargandi. Ayni paytda “Dorados” 6 turdan keyin 15 klub orasida atigi 3 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda.
Maluomot uchun, 57 yoshli mutaxassis ayni damda Belarusning “Dinamo Brest” klubi bilan 3 yillik shartnomaga ega bo'lib, u rasman jamoada boshqaruv raisi hisoblanadi. “Dinamo”dan ketish-ketmasligi haqida malumot berilmagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar