09 iyu 10:16
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Mussa – Angliya chempionlari safini to'ldirdi
Moskvaning CSKA klubi sobiq hujumchisi Ahmad Mussa faoliyatini Angliya chempioni safida davom ettiradi.
Nigeriyalik futbolchi “Lester Siti” bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu malumot ingliz klubi rasmiy saytida ham o'z tasdig'ini topdi. Britaniya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, “Lester” Mussaning transferi uchun 15 mln funt sterling to'lagan.
Eslatib o'tamiz, Ahmad 2012 yili CSKA safiga kelib qo'shilgan va o'tgan to'rt mavsum davomida 168ta uchrashuv o'tkazib, 54ta gol kiritgandi. “Lester” Mussaga qadar “Gannover” darvozaboni Ron-Robert Ciler, “Nicca” yarim himoyachisi Nampalis Mendini o'z safiga qo'shib olgandi.
Havola :
Fikrlar