08 iyu 17:45
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "SHanxay SIPG" yirik transferni amalga oshirdi
Hujumchi Marko Arnautovich "Vest Xem"dan Odil Ahmedov to'p tepayotgan "SHanxay SIPG" klubiga o'tdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Transfer 23 million funtga baholanmoqda. Ingliz klubi futbolchini istagidan qatiy nazar uni Xitoyga 22 million evro evaziga ham qo'yib yubormagan edi.
Arnautovichning "SHanxay SIPG" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi. 30 yoshli Arnautovich "Vest Xem" tarkibida 65ta o'yin o'tkazib, 22ta gol va 12ta assistga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar