29 okt 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! WBC prezidenti Uaylder - Ruis jangini tasdiqladi
Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon sobiq chempion Deontey Uaylder navbatdagi jangini Endi Ruisga qarshi o'tkazishini tasdiqladi.
Ushbu jang g'olibi WBC chempioni Tayson Fyuriga majburiy davogarga aylanadi.
"WVC ikkita jang uchun sankciya bergandi. Ular Ruis - Ortiz va Uaylder - Xelenius qarama-qarshiligi. Ikkala g'olib ham o'zaro kurashishi va WVC chempionligi uchun majburiy davogarga aylanishi kerak edi.
8 noyabr kuni har bir vazn toifasi muhokama qilinadi va majburiy davogarlar ham ko'rsatiladi. Bu muhokama ochiq holda bo'ladi. Har kim mikrofon oldiga chiqib, o'z nuqtai nazarini bildirishi mumkin. SHundan keyin ovoz berish jarayoni bo'lib o'tadi", — deya Sulaymonning so'zlarini keltiradi Boxing News 24.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar