08 iyu 19:03
Yangiliklar
Futbol

Rasmiy xabar: Jasurbek Yaxshiboev boshqa klubga ko'chib o'tdi
"Energetik-BGU" tarkibida ijara asosida o'ynayotgan o'zbekistonlik Jasurbek Yaxshiboevning yangi jamoasini malum qildi.
Yaxshiboev Belarus chempionati turnir jadvalida etakchilik qilayotgan Soligorskning "SHaxtyor" jamoasi tarkibiga borib qo'shiladi. Bu haqda "Energetik-BGU" klubi matbuot xizmati malum qildi.
Yaxshiboev ushbu mavsumda 14 o'yinda 9 bora raqiblari postiga yo'l topgan holda chempionat to'purariga aylanib turibdi. Malumot uchun, futbolchi huquqiy jihatidan "Paxtakor" klubiga tegishli.
"SHaxtyor" klubi 16ta o'yindan keyin 30 ochko bilan musobaqa peshqadami bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar