So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

11 sen 08:51
Yangiliklar

Futbol

Rasmiy xabar: Odil Ahmedov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi

Teglar :  FutbolOdil Ahmedov
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyatini Xitoyning boshqa klubida davom ettiradi.

"Tyanczin Teda" bugun Odil Ahmedovning transferini elon qildi. 


- Bu klub ayni damda Xitoy Superligasidagi 10ta o'yinda atigi 1 ochko (!) jamg'argan holda so'nggi o'rinni band etib turibdi. Jamoa bu davr mobaynida 7ta gol urib, o'z darvozasidan 25ta to'p olib chiqqan.

- Bunga qadar ushbu jamoada o'zbekistonlik o'yinchilardan Zayniddin Tojiev, Farhod Tojiev va Aleksandr Kleckov o'ynagan.

- Germaniyalik taniqli mutaxassis Uli SHtilike (muxlislarga Janubiy Koreya termasidagi faoliyati orqali ko'proq tanish) bu jamoaga 2017 yilning 11 sentyabrida kelgan edi. Ammo, salbiy natijalar tufayli bundan biroz oldinroq, aniqrog'i shu yilning 19 avgustida istefoga chiqarilgan.

- Ushbu klub XXI asrda faqatgina bitta sovrin yutgan xolos: 2011 yil - Xitoy Kubogi.

- "TEDA Holding"ga tegishli ushbu klub uy o'yinlarini 37,450 muxlis sig'imiga ega stadion (TEDA Football Stadium)da o'tkazadi.

- Klub 3 mavsum OCHLda o'ynagan - 2009, 2011 va 2012. "Teda" 2012 yil guruhdan 2-o'rinni olib chiqqan, ammo pley-offdagi ilk o'yinda "CHonbuk"ga imkoniyatni boy bergan.

- Jamoada 4 nafar legioner harakat qiladi. Bular: 

Frank Achimpong - 26 yoshli ushbu futbolchi Belgiyaning "Anderlext" klubida 2013-2017 yillar davomida 100dan ortiq o'yinlarda maydonga tushgan, shundan so'ng Xitoy klubiga o'tgan. Belgiyaga qadar esa "King Faysal Beybs", "Berekum CHelsi" (ikkisi ham Gana jamoalari) va "Buriram Yunayted"da o'ynagan. 2012 yildan beri Gana terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Sandro Lima - bunga qadar Braziliya va Portugaliya klublarida o'ynagan Lima 2020 yilda ushbu klub futbolchisiga aylangan.

Jonatan - 30 yoshli strayker 2018 yilda ushbu klubga kelgan. 2016-2017 yillarda ijara asosida "Suvon Samsung" ("Sport Resife"dan)da harakat qilgan o'yinchini xitoyliklar xarid qilishga qaror qilishgan.

Feliks Bastians - "Teda"da 2018 yildan beri harakat qiladigan ushbu hujumkor futbolchi Evropadan Osiyoga kelgan. "Nottingem Forest" tarbiyalanuvchisi faoliyatini bunga qadar asosan Angliya va Germaniyada o'tkazgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing