30 dek 17:50
Yangiliklar
Futbol

Rasmiy xabar: Odil Ahmedov "SHanxay SIPG" klubiga o'tdi
Krasnodar va SHanxay SIPG klublari 29 yoshli o'zbekistonlik Odil Ahmedov borasida kelishib olishdi.
Odil Ahmedov 2014 yil iyulida shaharliklar safiga Anjidan qo'shilgandi. Bu davr oralig'ida Ahmedov klub safida 101ta o'yin o'tkazdi, 7ta gol urdi va 13ta golli pas berdi.
Krasnodar FK Odilga ikki yarim yillik hamkorlik uchun minnatdorchlik bildiradi va unga Xitoydagi faoliyatida omad tilaydi.
Krasnodar ushbu transferning amalga oshishida xissa qo'shgan Prosportmanagment kompaniyasiga minnatdorchilik bildiradi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar