15 mar 16:50
Yangiliklar
Ravshan Ermatov bayonot berdi
Ermatovning bayonotiga ko'ra, Superliganing 3-turi doirasida bugun Andijon ("Andijon" - "Navbahor") va Toshkentda ("Lokomotiv" - "Buxoro") o'tishi rejalashtirilgan uchrashuvlar o'z vaqtida o'tkaziladi. Ularga muxlislarning kirishi ham ruxsat etilgan. Keyingi turlarning o'tkazilish masalasi esa hozirda O'zbekiston respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan muhakoma qilinmoqda.
Rasmiy malumot esa ertaga, 16-mart kuni elon qilinishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilish haqida qaror qabul qildi. SHuningdek, barcha maktabgacha talim muassasalari, maktablar va oliy talim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan etiboran karantinga yopiladi.
Fikrlar