25 okt 16:42
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Ermatov rossiyalik sharhlovchiga qanday sovg'a berib yuborgandi?
Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkinning JCH-2018da FIFA refersi Ravshan Ermatov haqida yozgan xabari ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgan edi.
Utkin Argentina - Xorvatiya o'yini paytida o'zbekistonlik hakamni haqorat qilgandi. Keyinroq jurnalist o'z so'zlari uchun o'zbeklar va referining o'zidan kechirim so'radi.
Ushbu voqealardan so'ng Ravshan Ermatov Utkinga sovg'a berib yubordi.
"Kechirim so'radim. Aytgancha, o'tgan hafta Denis Kazanskiy (sharhlovchi) bilan yozishdim. U O'zbekistonda yarim final va final bahslarini sharhladi. Aytishicha, Ravshan menga sovg'a yuboripti" - deb aytgandi Utkin muhbir bilan suhbatda.
Taxminlarimizga ko'ra, Ravshan Ermatov Vasiliy Utkinga sopoldan yasalgan o'zbek otaxoni haykalchasini sovg'a qilgan. Utkin ushbu buyumni "Instagram"da ko'rsatdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar