11 apr 15:23
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Ermatov SHimoliy Amerikada chempionlar ligasi o'yinini boshqardi
Mamlakatimizning eng taniqli hakami Ravshan Ermatov bugun ertalab bo'lib o'tgan KONKAKAF chempionlar ligasi o'yinini boshqardi.
Meksikadagi "Acteka" stadionida bo'lib o'tgan "Amerika" va "Toronto" klublari o'rtasida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi. Bu KONKAKAF chempionlar ligasi yarim final javob bahsi edi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Toronto" finalga yo'l oldi.
O'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi yuqori saviyada boshqarib bordi. Ravshan Ermatovga qanotlarda Abdulhamid Rasulov bilan Jahongir Saidov yordam berishdi. SHu tariqa Ermatov va uning brigadasi KONKAKAF o'yinini boshqargan ilk osiyolik hakamlarga aylanishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar