06 fev 12:49
Yangiliklar

Ravshan Ermatov Toshkent viloyatida futbolning rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Mamlakatimizda futbolni ommalashtirish, ayniqsa, bolalar va ayollar futbolini rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada joylarda futbol stadionlari va futzal zallari barpo qilinmoqda. SHuningdek, mavjudlarida sharoitlarni yaxshilash bo'yicha rekanstrukciya ishlari olib borilmoqda.
Kecha, 5 fevral kuni O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Toshkent viloyati bo'ylab futbolning huddulardagi rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ermatov shu kuni Toshkent viloyatida joylashgan sport maktablarining futbol stadionlari va futzal zallari holati bilan tanishib, u erda mashg'ulot o'tkazayotgan yosh futbolchilar bilan uchrashdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar