16 okt 12:30
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Ermatov Xitoy – Suriya uchrashuvini boshqaradi
Ayni kunlarda milliy terma jamoalar FIFA kunlaridan foydalanib o'rtoqlik o'yinlari o'tkazayotganidan xabaringiz bor.
Bugun Xitoy terma jamoasi Nankin shahrida Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Mazkur uchrashuvni hamyurtimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, bundan avval, 13 oktyabr kuni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Xitoy – Hindiston uchrashuvini boshqarib borgandi. O'sha o'yinda hisob ochilmagan.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar