19 jan 17:17
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Haydarov g'alabani halok bo'lgan yurtdoshlarimizga bag'ishladi
U-23 Osiyo chempionati doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.
- "Avvalo barcha o'zbekistonliklarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz bu g'alabani kecha noxush voqea sabab halok bo'lgan yurtdoshlarimizning oila azolariga bag'ishlaymiz. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik. CHunki biz Yaponiya to'p bilan qanday o'ynashini bilardik, shu bois ularga pressing qilgan holda to'pni olib qo'yishga harakat qildik. Biz haqli g'alabani qo'lga kiritdik va keyingi bosqichga yo'l oldik", - deydi Haydarov OFK rasmiy saytiga.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar