22 jan 15:40
Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Janubiy Koreyaga qarshi o'yinga tayyormiz"
CHorak finalda Yaponiyani 4:0 hisobida mag'lub etgan O'zbekiston U-23 terma
jamoasi ertaga finalga chiqish uchun Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib
boradi. Bugun o'yindan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi.
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'yindan oldin shunday dedi:
-
"Ayni paytga kelib bizda tarkib bo'yicha umuman muammo yo'q. Barcha
futbolchilar ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuvga tayyor. Biz jismoniy, taktik
va ruhiy jihatdan ham mazkur bahsga tayyormiz. O'ylaymanki, ertaga eng
yaxshi o'yinimizni namoyish etamiz".
- "Hozir Janubiy Koreya bilan bir
xil vaziyatdamiz, chunki ikkala jamoa ham musobaqada to'rttadan o'yin
o'tkazdi. Yaponiyaga qarshi yirik g'alaba o'yinchilarimizning kayfiyatini
ko'tarib yubordi. Lekin biz bilamizki, Janubiy Koreya kuchli jamoa. Ammo
ularni ham engishga harakat qilamiz".
Fikrlar