28 avg 07:07
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Haydarov va Odil Ahmedov Prezident tomonidan mukofotlandi
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan fan, talim, adabiyot, madaniyat, sanat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni elon qilindi.
Yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo'lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun mukofotlanganlar orasida O'zbekiston U-23 termasi hamda "Surxon" ustozi Ravshan Haydarov va O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedov ham bor.
“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni:
Haydarov Ravshan Akmalovich - futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyi
“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni:
Ahmedov Odil Alimjonovich - futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi
Havola :
Fikrlar