09 okt 12:41
Yangiliklar
Futbol
"Real" ushbu mavsumda ilk marta quruq o'yin o'tkazdi
"Real" kecha LaLiganing 8-turi doirasida "Xetafe"ga qarshi bahs olib bordi.
Unda madridliklar 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Qayd etish kerak, "Real" ushbu mavsumda 7 g'alaba va 1 durang qayd etgan bo'lsa-da, ilk marta quruq o'yin o'tkazdi. Jamoaning asosiy posboni Tibo Kurtua jarohatini tiklash jarayonida, shu sababli darvozani Andrey Lunin qo'riqlamoqda.
O'z navbatida Lunin ham "Real"da ilk marta darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar