01 sen 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
"Rekordim 14-0. UFC'ga o'tish vaqti keldi, shekilli" - Xotambek Boynazarov
O'zbekistonlik MMA jangchisi Xotambek Boynazarov UFC'ga o'tish haqidagi savolga javob qaytardi.
"Vaqti etib keldi, shekilli. 14-0 rekordim bor. Hozirgi vaqtda UFC'da 5-1, 9-2 rekordli jangchilar ham bor.
Menda esa 14-0. Yoshman. Menimcha shartnoma oladigan paytim keldi.
Hozir menejerimiz harakat qilyapti. Vizam bo'lganida, turnirmi yoki Contender Series turnirimi, farqi yo'q. Jang qilaverardim. Afsuski hozirda vizam yo'q", - dedi Boynazarov.
Sportchimiz bilan to'liq intervyuni tomosha qiling
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar