02 sen 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Xotambek Boynazarov keyingi jangini qachon o'tkazishini aytdi
O'zbekistonlik MMA jangchisi Xotambek Boynazarov navbatdagi jangini qachon o'tkazishini aytdi.
"Oktyabr oyida UAE Warriors turniri o'tkaziladi. Kamarimni himoya jangini o'tkazishni taklif qilishmoqda. "Mangu 5" turnirida jang qilish istagida edim, ammo bu aniq bo'lmayapti. Raqib topish qiyin bo'ldi.
Endi UAE Warriors turnirida himoya jangini o'tkazsam kerak. Bu ikkinchi himoya jangim bo'ladi", - dedi Boynazarov olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar