09 sen 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Xotambek Boynazarov UFC yulduzini engishini malum qildi
Yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors Ligasining amaldagi chempioni Xotambek Boynazarov UFC'ga o'tsa, amerikalik Xoakin Bakli bilan jang qilishini aytdi.
"Vaqti kelganda UFC bilan shartnoma imzolab, u erda bir nechta g'alabalarga erishganimdan so'ng, shubhasiz, Baklini jangga chorlayman. U akamiz Nursulton Ro'ziboevga qarshi jangda faqat kurash usullaridan foydalangan edi. O'shanda o'zimga u bilan to'qnash kelganimda unga haqiqiy kurashni ko'rsatib qo'yishni vada qilganman. Kamaru Usman uni qanday mag'lub etganini, Usmanni esa Xamzat engganini ko'rdik. Men CHimaev bilan birga shug'ullanaman, shuning uchun imkoniyatlarimni yaxshi bilaman. Baklini kurashda engishimga to'liq aminman", dedi Boynazarov.
Xoakin Bakli 2024 yil may oyida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar