16 okt 09:55
Yangiliklar

Reyting. 30 ochko yo'qotgan Istomin 6, Fayziev esa 53 pog'onaga pastladi
Yangi reytingda tennischilarimiz mavqeylarini anchagina pasaytirib olishdi. O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 6 pog'onaga pastlab, 57-o'rinni egallab turibdi.
O'nta uchrashuvdan beri faqat mag'lubiyat alamini totib
kelayotgan Sanjar Fayziev 53 o'rin pastga sho'ng'ib, 342-o'rindan joy olgan. Kechagi
SHanxay “Masters”idagi g'alaba evaziga Rojer Federer peshqadam Rafael Nadalga
birmuncha yaqinlashib oldi.
16.10.2017 holati uchun reyting:
1 (1) Rafael Nadal (Ispaniya) 10465
2 (2) Rojer Federer (SHveycariya) 8505
3 (3) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 5290
4 (5) Marin CHilich (Xorvatiya) 4505
5 (4) Aleksandr Zverev (Germaniya) 4400
6 (7) Dominik Tim (Avstriya) 3935
7 (6) Novak Jokovich (Serbiya) 3765
8 (9) Grigor Dimitrov (Bolgariya) 3590
9 (8) Sten Vavrinka (SHveycariya) 3450
10 (10) David Goffen (Belgiya) 2885
...
57. (51) Denis Istomin (O'zbekiston) – 885
342. (289) Sanjar Fayziev (O'zbekiston) – 135
535. (538) Temur Ismoilov (O'zbekiston) – 60
984. (990) Humoyun Sultonov (O'zbekiston) - 11...
Fikrlar