11 iyu 14:38
Yangiliklar
Reyting. Birgina Istomin ko'tarildi, qolgan tennischilarimiz “sho'ng'ishdi”
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin o'tgan galgi o'rniga nisbatan bir pog'onaga yuqorilab, hozirda 96-o'rinni egallab turibdi. Qolgan hamyurtlarimiz esa avvalgi o'rinlariga nisbatan sezilarli darajada pastlashgan.
Dunyo tennischilari reytingini hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. “Rolan Garros 2019” g'olibi Rafael Nadal ikkinchi pog'onada mustahkam o'rnashib oldi. Kuchli uchlikka Rojer Federer yakun yasagan.
ATP reytingi (10 iyun holati)
1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 12715 ochko
2. (2) Rafael Nadal (Ispaniya) - 7945
3. (3) Rojer Federer (SHveycariya) - 6670
4. (4) Dominik Tim (Avstriya) - 4685
5. (5) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 4360
6. (6) Stefanos Cicipas (Greciya) - 4215
7. (7) Kei Nishikori (Yaponiya) - 4040
8. (8) Kevin Anderson (JAR) - 3565
9. (11) Karen Xachanov (Rossiya) - 2980
10. (12) Fabio Fonini (Italiya) - 2785...
O'zbekistonlik tennischilarning reytingdagi o'rni:
96 (97). Denis Istomin (O'zbekiston) - 580
433 (432). Humoyun Sultonov (O'zbekiston) - 24
446 (431). Sanjar Fayziev (O'zbekiston) - 21
533T (523). Farrux Do'stov (O'zbekiston) - 8
631T (628). Sergey Fomin (O'zbekiston) – 3
Fikrlar