15 jan 11:19
Yangiliklar

Reyting. Denis Istomin o'z o'rnini saqlab qoldi
Unga ko'ra, dunyo reytingining yuqori o'ntaligida uchta o'zgarish kuzatildi. SHveycariyalik Sten Vavrinka bir pog'onaga yuqorilab, 8-o'rinni egallab turibdi. Amerikalik Jek Sok aksincha 9-o'ringa pastladi. Argentinalik Xuan Martin Del Potro esa TOP-10ga kirib oldi.
Reytingni hamon ispaniyalik Rafael Nadal deyarli 1000 ochko farqi bilan boshqarib boryapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin esa o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi – 60-o'rin. Denis jarohati sabab Sidneydagi turnirda ishtirok eta olmagandi.
ATP reytingi. 15 yanvar kungi holat:
1 (1). Rafael Nadal (Ispaniya) – 10 600
2 (2). Rojer Federer (SHveycariya) – 9605
3 (3). Grigor Dimitrov (Bolgariya) – 4990
4 (4). Aleksandr Zverev (Germaniya) – 4610
5 (5). Dominik Tim (Avstriya) – 4060
6 (6). Marin CHilich (Xorvatiya) – 3805
7 (7). David Goffen (Belgiya) – 3775
8 (9). Sten Vavrinka (SHveycariya) – 3060
9. (8). Jek Sok (AQSH) – 2960
10. (12). Xuan Martin Del Potro (Argentina) – 2725
...
60. (60) Denis Istomin (O'zbekiston) - 848
399. (400) Sanjar Fayziev (O'zbekiston) - 99
580. (578) Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) - 51
832. (834) Temur Ismoilov (O'zbekiston) - 23
940. (940) Humoyun Sultonov (O'zbekiston) - 19
999. (998). Sergey Fomin (O'zbekiston) – 16
Fikrlar