30 jan 11:14
Yangiliklar

Reyting. Istomin 37, Federer 7 pog'onaga ko'tarilib oldi
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ikki hafta avvalgi o'rniga nisbatan 37 pog'onaga ko'tarilib oldi. Ayni paytda hamyurtimiz roppa-rosa 80-o'rinni egallab turibdi.
Xabaringiz bor, Denis Istomin kecha yakuniga etgan “Katta
Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining yakkalik bahslarida
nimchorak finalga qadar etib borgan edi.
Istomin turnirning ilk davrasida xorvatiyalik Ivan Dodigni, ikkinchi bosqichda dunyoning ikkinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovichni, uchinchi davrada ispaniyalik Pablo Bustani mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandi.
Ayniqsa, Jokovichning besh set davom etgan dramatik uchrashuv yakunida mag'lub etilishi butun tennis olamida katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. Reytingda ikkinchi raketkamiz Sanjar Fayziev 367-o'rinda etirof etildi.
Avstraliya Ochiq chempionati g'olibiga aylangan shveycariyalik tennis afsonasi Rojer Federer 7 pog'onaga ko'tarilib, kuchli o'ntalikka qaytdi. U roppa-rosa 10-o'rinni egallab turibdi. Finalchi Rafael Nadal esa 9-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarildi.
ATR REYTINGI. 30 YANVAR KUNGI HOLAT:
1 (1) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 11540
2 (2) Novak Jokovich (Serbiya) 9825
3 (4) Sten Vavrinka (SHveycariya) 5695
4 (3) Milosh Raonich (Kanada) 4930
5 (5) Kei Nisikori (Yaponiya) 4830
6 (9) Rafael Nadal (Ispaniya) 4385
7 (7) Marin CHilich (Xorvatiya) 3560
8 (8) Dominik Tim (Avstriya) 3505
9 (6) Gael Monfis (Franciya) 3445
10 (17) Rojer Federer (SHveycariya) 3260
80 (117) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 668...
367 (367) SANJAR FAYZIEV (O'ZBEKISTON) 123...
Izoh: Qavs ichida tennischilarning ikki hafta avvalgi o'rinlari berilgan
Fikrlar