28 jan 12:20
Yangiliklar

Reyting. Istomin 4 pog'ona pastladi, Federer esa 3!
Avstraliya Ochiq chempionati yakunlari bo'yicha elon qilingan reytingda O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 4 pog'ona pastlab, ayni paytda 105-o'rinni egallab turibdi.
Kecha Rossiyaning Qozon shahrida yakunlangan turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan Sanjar Fayziev kelasi hafta elon qilinadigan reytingda o'z o'rnini ancha yaxshilab oladi. Qoidalarga ko'ra, ITF reytinglari bir hafta keyin kiritiladi.
Avstraliya Ochiq chempionati g'olibiga aylangan serbiyalik Novak Jokovich taqibchilarini sezilarli darajada ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu turnirning o'tgan yilgi g'olibi shveycariyalik Rojer Fededer unvonini himoya qila olmagani uchun reytingda 6-o'ringa tushib qoldi.
ATP reytingi. 28 yanvar kungi holat:
1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) – 10 955
2 (2). Rafael Nadal (Ispaniya) – 8320
3 (4). Aleksandr Zverev (Germaniya) – 6475
4 (5). Xuan Martin Del Potro (Argentina) – 5060
5 (6). Kevin Anderson (JAR) – 4845
6 (3). Rojer Federer (SHveycariya) – 4600
7 (9). Kei Nishikori (Yaponiya) – 4110
8 (8). Dominik Tim (Avstriya) – 3960
9 (10). Jon Izner (AQSH) – 3155
10 (7). Marin CHilich (Xorvatiya) – 3140
...
105 (101). Denis Istomin (O'zbekiston) – 542
387 (387). Humoyun Sultonov (O'zbekiston) – 41
533T (533). Farrux Do'stov (O'zbekiston) – 8
581 (576). Sergey Fomin (O'zbekiston) – 5
593T (587). Sanjar Fayziev (O'zbekiston) – 4
Fikrlar