07 avg 13:15
Yangiliklar

Reyting. Istomin bir pog'ona pastladi, Fayziev ko'tarildi
Unga ko'ra, kuchli o'ntalikda hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Dunyoning etakchi raketka ustalari reytingdagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Endi Marrey hamon reytingda peshqadamlik qilyapti.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin o'tgan hafta hech qanday turnirda ishtirok etmadi va natijada bir pog'onaga pastladi. Sanjar Fayziev esa aksincha, o'z holatini bir o'ringa yaxshilab oldi.
Emirates ATP Rankings.7 avgust kungi holat:
1 (1). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) - 7750
2 (2). Rafael Nadal (Ispaniya) - 7465
3 (3). Rojer Federer (SHveycariya) - 6545
4 (4). Sten Vavrinka (SHveycariya) - 5780
5 (5). Novak Jokovich (Serbiya) - 5325
6 (6). Marin CHilich (Xorvatiya) - 5155
7 (7). Dominik Tim (Avstriya) - 4065
8 (8). Aleksandr Zverev (Germaniya) - 3560
9 (9). Kei Nisikori (Yaponiya) - 3320
10 (10). Milosh Raonich (Kanada) - 3220
......
88. (81) Denis Istomin (O'zbekiston) - 634
262. (263) Sanjar Fayziev (O'zbekiston) - 196
534. (534) Temur Ismoilov (O'zbekiston) - 62
951. (942) Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) – 13
Fikrlar