18 fev 10:34
Yangiliklar

Reyting. Istomin ko'tarildi, Federer tushdi
Reytingda O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 4 pog'ona yuqorilab, ayni paytda 102-o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz o'tgan hafta Nyu-Yorkdagi turnirning ikkinchi davrasida bo'lajak chempion amerikalik Reyli Opelkaga yutqazib qo'ygandi.
Tennischilarimiz Sanjar Fayziev, Humoyun Sultonov va Farrux Do'stov bir pog'onaga yuqorilashga erishishdi. Dunyo tennischilari reytingida hamon Avstraliya Ochiq chempionati g'olibi serbiyalik Novak Jokovich karvonboshilik qilyapti. Top-10talikda bitta o'zgarish kuzatildi. Federer va Nishikori jadvalda o'z o'rinlarini almashib olishdi.
ATP reytingi. 18 fevral kungi holat:
1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) – 10 955
2 (2). Rafael Nadal (Ispaniya) – 8320
3 (3). Aleksandr Zverev (Germaniya) – 6475
4 (4). Xuan-Martin del Potro (Argentina) – 5060
5 (5). Kevin Anderson (JAR) – 4595
6 (7). Key Nisikori (Yaponiya) – 4190
7 (6). Rojer Federer (SHveycariya) – 4100
8 (8). Dominik Tim (Avstriya) – 3800
9 (9). Jon Izner (AQSH) – 3225
10 (10). Marin CHilich (Xorvatiya) – 3140...
102 (106). Denis Istomin (O'zbekiston) – 542
385 (386). Humoyun Sultonov (O'zbekiston) – 41
532T (533). Farrux Do'stov (O'zbekiston) – 8
557 (558). Sanjar Fayziev (O'zbekiston) – 7
580T (579). Sergey Fomin (O'zbekiston) – 5
Fikrlar