05 dek 12:55
Yangiliklar
Reyting. Istomin o'z o'rnida, Fayziev ikkinchi raketkamiz
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Denis bu hafta reytingida 492 ochko bilan 121-o'rinni egallab turibdi.
Bir necha yildan beri mamlakatimizning ikkinchi raketkasi bo'lib kelgan Farrux Do'stov endi to'rtinchi raqamli tennischimizga aylandi. U o'z o'rnini Sanjar Fayziev va Temur Ismoilovga bo'shatib berdi.
Ikkinchi raketkamiz bo'lib turgan Fayziev ikki pog'onaga yuqorilab, 370-o'rinni egallab turibdi. Ismoilov esa aksincha ikki o'ringa pastlab, ayni paytda 411-pog'onadan joy olgan.
Do'stov 501-o'ringa tushib ketdi. Dunyo tennischilarining 2016-yilgi reytingini Endi Marrey birinchi o'rinda yakunlagan.
ATR REYTINGI. 5 DEKABR KUNGI HOLAT:
1 (1) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 12410
2 (2) Novak Jokovich (Serbiya) 11780
3 (3) Milosh Raonich (Kanada) 5450
4 (4) Sten Vavrinka (SHveycariya) 5315
5 (5) Kei Nisikori (Yaponiya) 4905
6 (6) Marin CHilich (Xorvatiya) 3650
7 (7) Gael Monfis (Franciya) 3625
8 (8) Dominik Tim (Avstriya) 3415
9 (9) Rafael Nadal (Ispaniya) 3300
10 (10) Tomash Berdix (CHexiya) 3060
121 (121) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 492...
370 (372) SANJAR FAYZIEV (O'ZBEKISTON) 122
411 (409) TEMUR ISMOILOV (O'ZBEKISTON) 104...
501 (499) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) 73...
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o'tgan haftadagi o'rni berilgan
Fikrlar