19 iyu 15:05
Yangiliklar

Reyting. Saralashda yutqazgan Istomin 6 pog'onaga yuqoriladi
Yangilangan reytingda britaniyalik Endi Marrey peshqadamlikni saqlab qolgan. Kuchli o'ntalikda bitta o'zgarish bo'lgan. Unda franciyalik Jo-Vilfred Tsonga 11-o'rindan bir pog'ona yuqoriga sakragan.
Garchi mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Galledagi turnirning saralash bahslarida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, 5 pog'onaga yuqoriladi va 69-o'ringa joylashdi.
Qolgan tennischilarimiz ham bu hafta reytingida o'sishga erishgan. Sanjar Fayziev 11, Temur Ismoilov 15, Farrux Do'stov 1, Alan Gajiev 3 pog'onaga ko'tarilgan.
19.06.2017 uchun reyting holati:
1. (1) Endi Marrey (Britaniya) – 9390
2. (2) Rafael Nadal (Ispaniya) – 7285
3. (3) Sten Vavrinka (SHveycariya) – 6175
4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) – 5805
5. (5) Rojer Federer (SHveycariya) – 4765
6. (6) Milosh Raonich (Kanada) – 4150
7. (7) Marin CHilich (Xorvatiya) – 4025
8. (8) Dominik Tim (Avstriya) – 3895
9. (9) Key Nisikori (Yaponiya) – 3785
10. (11) Jo-Vilfred Tsonga (Franciya) – 3070
...
69. (74) Denis Istomin (O'zbekiston) - 704
262. (273) Sanjar Fayziev (O'zbekiston) - 192
500. (515) Temur Ismoilov (O'zbekiston) - 69
869 (870) Farrux Do'stov (O'zbekiston) - 16
912. (915) Alan Gajiev (O'zbekiston) - 13
921. (920) Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) - 10
Fikrlar