12 may 21:12
Yangiliklar
Tennis

Rim. Aleksandr Zverev chorak finalga chiqdi
Rimda bo'lib o'tayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Sayyoramizning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev turnirning 1/8 finalida ATR reytingida 22-o'rinni egallab turgan Aleks De Minaurni 6/3, 7/5 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.
Uchrashuv bir soatu 50 daqiqa davom etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida Zverev 5:1 hisobida oldinda.
Zverevning turnirdagi navbatdagi raqibi xorvatiyalik Marin CHilich yoki chililik Kristian Garin bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar