22 may 09:15
Yangiliklar
Tennis

Rim (ATP): Jokovichni mag'lub etgan Zverev turnir g'olibi bo'ldi
Italiya poytaxti Rim shahrida “Master” seriyasiga kiruvchi Internazionali BNL d’Italia tennis turniri yakunlandi.
ATP 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli musobaqaning sovrin jamg'armasi 4 273 775 dollarni tashkil qildi. Bosh mukofot uchun kechgan final bahsida serbiyalik Novak Jokovich germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 21 daqiqa davom etgan final bahsi biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Dunyoning 17-raketkasi bo'lgan 20 yoshli Zverev kuchli va nomdor raqibini 6:4, 6:3 hisobida mag'lub etib, bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Rimdagi muvaffaqiyatli ishtirok Aleksandrga 820,035 evro mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar