17 may 20:42
Yangiliklar
Tennis
Rim. Federer "Masters" chorak finalida kortga chiqmasligini malum qildi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Rimdagi "Masters"da o'z ishtirokini yakunladi.
U jarohat sabab chorak finalda kortga chiqmaydigan bo'ldi. Federer yarim final yo'llanmasi uchun greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi o'yin o'tkazishi lozim edi.
"Biz unga tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz. Hissiyotlar uchun rahmat", - deb xabar qoldirildi turnirning Tvitterdagi sahifasida.
SHu tariqa, Cicipas kurashsiz yarim finalda qatnashadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar