13 may 19:20
Yangiliklar
Tennis

Rim "Masters"ining ilk yarim finalchisi malum
Italiyaning Rim shahrida bo'lib o'tayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Jahonning 3-raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev turnirning chorak finalida ATR reytingida 45-o'rinni egallab turgan chililik Kristian Garinga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 52 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev raqibini 7/5, 6/2 hisobida mag'lub etib, musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Garin hamon oldinda 2:1.
Zverev musobaqaning yarim finalida Stefanos Cicipas yoki italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar