So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

19 may 08:06
Yangiliklar

Tennis

Rim WTA 1000 turniri bosh sovrini kimga nasib etdi?

Italiya poytaxti Rim shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi va ikkinchi raketkalari - polshalik Iga Svyontek hamda belaruslik Arina Sobolenko o'zaro to'qnash kelishdi. Bir soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek raqibasini biroz kutilmaganda ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3. 

Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Svyontek katta farq bilan oldinda bormoqda - 8:3. Iga finalda 1, Arina 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ham xuddi shu ko'rinishda Sobolenko "foydasi"ga bo'ldi - 2 ga 1. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik chempion tomonda - 4 ga 0!

SHu tariqa, Iga Svyontek faoliyatidagi 21-sovrinni qo'lga kiritdi. Uning WTA 1000 toifasiga kiruvchi chempionlik titullari soni 10 taga etdi. SHulardan 4 tasini u shu yilning o'zida qo'lga kiritgan. Polshalik tennis malikasi Rim WTA 1000 turnirida uchinchi bor chempion bo'ldi. U 2021 va 2022 yillarda ham bosh sovrin sohibasiga aylangan edi. 

Internazionali BNL d'Italia turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Svyontekka 1000 reyting ochkosi hamda 699,690 evro mukofot puli taqdim etdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing