22 may 09:55
Yangiliklar
Tennis

Rim (WTA): Svitolina - bosh mukofot sohibasi!
Italiyaning Rim shahrida tennis bo'yicha Internazionali BNL d’Italia turniri yakunlandi.
Premier 5 toifasiga kiruvchi Italiya Ochiq chempionatining sovrin jamg'armasi 2 399 000 dollaridan iborat bo'lib, bosh mukofot uchun ruminiyalik Simona Xalep ukrainalik Elina Svitolinaga kortga chiqdi.
Ikki soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 11-raketkasi bo'lgan Svitolina irodali g'alabani qo'lga kiritdi - 4:6, 7:5, 6:1. Ushbu muvaffaqiyat Elinaga 461,355 evro mukofot puli hamda 900 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar