21 may 10:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/12992_220.jpg)
Rim (WTA): Xalep va Svitolina bosh mukofot egasini aniqlashadi
Bugun Italiyaning Rim shahrida tennis bo'yicha Internazionali BNL d’Italia turniri yakunlanadi.
Premier 5 toifasiga kiruvchi Italiya Ochiq chempionatining sovrin jamg'armasi 2 399 000 dollarni tashkil qiladi. Bosh mukofot uchun ruminiyalik Simona Xalep hamda ukrainalik Elina Svitolina kortga chiqishadi.
Yarim final uchrashuvida turnirning oltinchi raketkasi bo'lgan Xalep gollandiyalik Kiki Bertensni 7:5, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Svitolinaning raqibasi ispaniyalik Garbine Mugurusa esa jarohati sabab beshinchi geymdan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Yarim final:
Simona Xalep (Ruminiya, 6) – Kiki Bertens (Gollandiya, 15) – 7:5, 6:1
Elina Svitolina (Ukraina, 8) – Garbine Mugurusa (Ispaniya, 3) – 4:1 – rad
Havola :
Fikrlar