18 avg 01:22
Yangiliklar
Rio-2016. 12-kun. O'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroklari yakunlandi
01:22. SHu tariqa sportchilarimizning bugungi ishtiroklari yakunlandi. Engil atletikachilar haqida ertaga... Xayrli tun do'stlar!
01:17. Ayni paytda taqdirilash marosimi bo'lib o'tmoqda. Hamyurtimizga kumush medal topshirildi! Tabriklaymiz!
01:10. SHahram O'zbekiston boksi tarixida ilk marotaba Olimpiadada kumush medal sohibiga aylandi.
00:59. Afsuski, hamyurtimiz jangda faol bo'lgan bo'lsada, imkoniyatni boy berib qo'ydi...
00:54. Ikkinchi raundda ham ringda qochib yurgan qozoq bokschisi g'olib bo'ldi... Exxx....
00:50. Dastlabki raund raqib foydasiga hal bo'ldi...
00:46. JANG BOSHLANDI, OLG'A SHAHRAM!
00:43. HAMYURTIMIZ RINGGA CHIQIB KELMOQDA! U BUGUN QIZIL BURCHAKDA JANG QILADI!
00:33. Yana ozgina vaqt qoldi...
00:17. Hayajonli lahzalarrr... Navbatdagi oltin medalga oz vaqt qolmoqda. SHunday emasmi?
00:10. SHuni takidlab o'tish lozimki, ushbu Olimpiadada bokschilarimizning 7 nafari medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ladilar. Bu esa o'zbek boksi uchun rekord natija.
00:00. Mish-mish... SHahram G'iyosovning qozog'istonlik raqibida ayni paytda jarohat bor va u final jangida ringga chiqmasligi ham mumkin. Asossiz mish-mish! Bu raqiblarimizning taktikasi bo'lishi ham mumkin!
23:50. Ajoyib! Bokschimiz jahon chempioni, ozarbayjonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi!
23:32. Mana nihoyat, hamyurtimiz ringga chiqib kelmoqda. Olg'a,SHahobiddin!
22:30. SHahobiddin Zoirovning jangiga 1 soat qoldi. Kutamiz!
21:40. Bokschimiz SHahobiddin Zoirovning jangiga 2 soatdan kamroq vaqt qolmoqda.
21:36. Bosqon uloqtirish. Suhrob Xo'jaev 16 nafar sportchi ichida 14-natijani ko'rsatdi va finalga yo'l ola bilmadi.
21:20. Andreev endi Toshkent vaqti bilan soat 01:45 da balandlikka sakrash mashqlarida ishtirok etadi.
20:55. O'nkurashning yadro uloqtirish mashqlarida guruhdagi 16 nafar sportchi ichida to'rtinchi natijani ko'rsatgan Andreev o'z hisobiga 781 ochkoni qo'shib qo'ydi.
19:05. Bosqon uloqtiradigan sportchimiz Suhrob Xo'jaevning ishtiroki hali boshlanmadi. Avvaliga A guruhidagi sportchilar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazmoqdalar. Bizning vakilimiz esa B guruhidan o'rin olgan.
19:00. Andreev uzoqlikka sakrash bahslarining birinchi urinishida 6.57 metrga sakradi va 713 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.
17:45. Engil atletikada bosqon uloqtirish bahslari boshlandi. Ushbu yo'nalishda bizdan Suhrob Xo'jaev ishtirok etadi.
17:41. Andreev endi bir soatdan so'ng uzoqlikka sakrash bahslarida chiqish qiladi.
17:38. Leonid Andreev ishtirokini boshladi. U 100 metrga yugurish bahslaridan so'ng finishga eng so'nggi bo'lib etib bordi...
17:20. Bugun engil atletikachimiz Leonid Andreev sportchilarimizning Riodagi chiqishlarini boshlab beradi. U ko'pkurash musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
O'nkurashda sportchimiz quyidagi mashqlar bo'yicha ochko to'plashi lozim bo'ladi: 100 metrga yugurish, uzoqlikka sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, 400 metrga yugurish, 110 metrga to'siqlar osha yugurish, disk uloqtirish, langar cho'pga tayanib balandlikka sakrash, nayza uloqtirish va 1500 metrga yugurish. Ushbu 10 ta mashqlardan 5 tasi bugun, qolgan 5 tasi esa ertaga bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
17:00. Qiziquvchilar bo'lsa arxivimizdan "Ular Olimpiadaga boradilar" ruknining SHahram G'iyosovga bag'ishlangan sonini o'qib chiqishlari mumkin.
16:40. Rio Olimpiadasining 12-kunida quyidagi sportchilarimiz Braziliya arenalarida O'zbekiston sharafini himoya qiladilar:
Leonid Andreev - (Engil atletika, o'nkurash) - 17:30 dan boshlab
Suhrob Xo'jaev - (Engil atletika, bosqon uloqtirish) - 17:40
SHahobiddin Zoirov - (Boks, chorak final) - 23:30
SHahram G'iyosov - (Boks, final) - 00:30
Bobur SHokirjonov - (Engil atletika, nayza uloqtirish) - 04:30
Ivan Zaycev - (Engil atletika, nayza uloqtirish) - 04:30
16:35. Bugun o'zgacha kun. Bugun yana bir sportchimiz O'zbekiston hisobiga oltin medal qo'shib qo'yishi mumkin. U -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschimiz SHahram G'iyosovdir. Umid qilamizki, sportchimiz qozog'istonlik raqibini mag'lub etib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib keladi.
16:30. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. Bugun Olimpiadada qatnashadigan sportchilarimizning ishtiroklaridan onlayn malumotlar berib borishni boshlaymiz.
Fikrlar
1) Қозоғистонда 2 та, Ўзбекистон ва Кубада 1 тадан финал;
2) Ўзбекистонда 3 та, Куба, Россия, Озарбайжонда 2 тадан, Қозоғистон ва АҚШда 1 тадан яримфинал;
3) Ўзбекистон, Куба, Россия, Озарбайжонда 1 тадан чорак финал турибди.
Жами нақд медаллар
1) Ўзбекистон ва Куба 6 тадан;
2) Қозоғистон 4 та;
3) Россия ва Франция 3 та;
4) АҚШ, Озарбайжон 2 та
Медаллар сони бўйича агар мабодо Куба ўтиб кетмаса, энди бошқа ҳеч ким бизни қувиб ўтолмайди. Энди сифати бўича ҳам биздан ўтиб кетолмайдиган қилиб жанг қилиш керак.
Олга Узбегим !!! Боксчиларимизга улкан омад тилаб коламан галаба сари олга!!!!!
Shaxram sen biz uchun chempionsan Raxmat.