14 avg 20:30
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Rio-2016. Marafon bahslari yakunlandi, Sitora va Marinaning natijalari
Rio Olimpiadasi doirasidagi engil atletikaning eng murakkab turlaridan biri – marafon musobaqasi yakunlandi.
42 km 195 metr masofada o'tkazilgan musobaqada jami 157 nafar atlet startga chiqdi. Ular orasida ikki hamyurtimiz – Marina Xmelevskaya va Sitora Hamidova ham ishtirok etdi.
Yakunda yosh sportchimiz Hamidova 54, Xmelevskaya esa 77-o'rinni egalladi. Bu Sitoraning shaxsiy rekordi bo'ldi. Marafon g'olibligi kutilganidek keniyalik sportchi – Yelaget Sungongga nasib etdi. U belgilangan masofani 2 soatu 24 daqiqa 4 soniya ichida bosib o'tdi. Kumush medal bahraynlik Yepkiruy Kirvaga nasib etdi. Efiopiyalik Mari Dibaba bronza medali bilan taqdirlandi.SHu o'rinda takidlash joiz, startga chiqqan sportchilardan 17 nafari finiishga etib kela olmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar