26 fev 11:58
Yangiliklar
Tennis

Riodagi muvaffaqiyat SHvarcmanga 366 000 dollar keltirdi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 1 million 842 ming 475 dollarni tashkil qiluvchi Rio Open musobaqasida Diego Sebastyan SHvarcman bosh mukofot sohibiga aylandi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi titul bo'ldi
Argentinalik 25 yoshli tennischi final uchrashuvida ispaniyalik Fernando Verdaskodan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok SHvarcmanga 365 560 dollar mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar