04 mar 12:59
Yangiliklar
Tennis

Roberto Bautista-Agut Dubay turniri g'olibi bo'ldi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha ushbu haftaga belgilangan eng yirik va shu bilan birga nufuzli turnir yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Roberto Bautista-Agut franciyalik Lyuka Puyega qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 23-raketkasi bo'lgan Agut 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok ispaniyalik raketka ustasiga 565 530 dollar miqdoridagi mukofot puli hamda roppa-rosa 500 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar