10 sen 13:20
Yangiliklar
Tennis

Roddik va Kliysters shon-shuhrat Zaliga qabul qilinadi
Sobiq tennis yulduzlari – amerikalik Endi Roddik hamda belgiyalik Kim Kliysters kelasi yili shon-shuhrat Zaliga qabul qilinishi mumkin.
Malumot uchun, joriy 2016 yilda rossiyalik Marat Safin va belgiyalik Jyustin Enen shon-shuhrat Zaliga qabul qilinishgan edi. Kliysters va Roddik jurnalist hamda tennis mutaxassislarining kamida 75 foiz ovozini to'plashsa, shuning o'zi Zalga qabul qilinish uchun kifoya bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, dunyoning sobiq birinchi raketkasi bo'lgan Roddik faoliyati mobaynida faqat bir marotaba “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirda zafar quchgan. Aniqrog'i, 2003 yili US Open turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan.
Kim Kliysters esa US Open turnirida uch (2005, 2009, 2010) marotaba zafar quchgan. SHuningdek, 2011 yilda Avstraliya Ochiq chempionatida ham bosh mukofot sohibasiga aylangan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar