09 avg 10:54
Yangiliklar

Rogers Cup (ATP): Nadal va Zverev uchinchi bosqichda, Tim to'xtatildi
Kanada Ochiq chempionatining sovrin jamg'armasi 5 315 025 dollardan iborat bo'lib, bugun turnirda uchinchi davra uchrashuvlari start oladi. Turnirning amaldagi chempioni Aleksandr Zverev g'olibona yurishini davom ettirmoqda.
Musobaqaning ikkinchi raketkasi bo'lgan germaniyalik tennischi ikkinchi davada amerikalik Bredli Klanni 6:4, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal esa franciyalik Benua Perdan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi.
Kutilmaganda ettinchi raqam ostida tasniflangan avstriyalik Dominik Tim greciyalik raqibi Stefanos Cicipasga 3:6, 6:7(6) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bugun Cicipas serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi. Aleksandr Zverev rossiyalik Daniil Medvedev bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Fikrlar