29 dek 10:55
Yangiliklar
Tennis

Roje-Vasselen yakkalikdagi faoliyatini yakunladi
Franciyalik tennischi Eduar Roje-Vasselen yakkalikdagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi.
33 yoshli tennischi o'tgan mavsumni reytingning 293-pog'onasida yakunladi. Juftlikda esa doimiy ravishda TOP-20 nafar tennischilar qatoridan joy olib kelmoqda.
Takidlash joiz, Roje-Vasselen 2014 yili “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Rolan Garros turnirining juftliklar musobaqasida bosh mukofotni qo'lga kiritgandi. Bu yil esa Uimbldon turnirining finalida o'ynadi.
Malumot uchun, franciyalik tennischining dunyo reytingidagi eng yuqori pog'onasi 35-o'rin bo'lgan. Vasselen 2014 yilning fevralida o'zining reytingdagi eng yuqori o'rniga erishgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar