15 iyu 12:22
Yangiliklar
Tennis

Rojer Federer 29-marotaba "Ulkan toj" turniri finalida o'ynaydi
Dunyoning beshinchi raqamli tennischisi Rojer Federer "Uimbldon" yarim finalida Tomash Berdixni mag'lubiyatga uchratdi.
U dunyoning 15-raqamli tennischisiga qarshi 2 soat 22 daqiqa davomida bo'lib o'tgan o'yinda 7:6, 7:6, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va "Uimbldon" finaliga chiqdi.
Federer yarim finaldagi g'alabasidan so'ng 29-marotaba "Ulkan toj" turnirlari finalida qatnashadigan bo'ldi. Bundan tashqari ushbu final Rojer uchun "Uimbldon"dagi 11-final hisoblanadi.
Endi u finalda xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar