09 fev 17:35
Yangiliklar
Tennis

Rojer Federer: Bitta “Katta Dubulg'a” turnirini yutish uchun kuchim etadi
SHveycariyalik tennis afsonasi hech bo'lmasa bitta “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnir bosh sovrinini qo'lga kiritish haqida o'ylamoqda.
Rojerning aytishicha, unga ATR reytingida egallab turgan o'rni unchalik ham muhim emas.
“SHaxsan menga hozirgi 37 yoshimda reyting unchalik ham muhim emas. Muhimi, mening sog'lig'im. Salomatlik joyida bo'lsa, men Jokovich va Nadalni mag'lub etib, bemalol sovrinlarni qo'lga kiritishim mumkin.
Reytingdagi o'rnim pasayib ketsa, bundan fojea yasamayman. Kamida bitta “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun kuchim etadi”, - dedi dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan Federer.
Havola :
Fikrlar