09 iyu 18:12
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer kelasi yili ham "Rolan Garros"da qatnashmoqchi
Sayyoramizning uchinchi raqamli tennischisi Rojer Federer Rafael Nadal bilan bo'lgan bahs haqida fikr bildirdi.
«SHamol o'yinga juda qattiq tasir qildi. SHamol tufayli men nimalar bo'layotganini ko'rishga qiynaldim. Birinchi setda men bu ob-havoga moslashishga harakat qildim. Ikkinchi setda breyk amalga oshirdim, lekin buni ushlab qola olmadim. Uchinchi setda uchrashuvni o'nglashga harakat qildim, lekin uddalayy olmadim. O'sha kuni shunchaki, Rafa mendan kuchli edi. O'ylaymanki, men turnirni yaxshi o'tkazdim. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham ajoyib bo'ldi. Keyingi yil ham Parijga kelishga umid qilaman, bu ajoyib turnir», - deb fikr bildirdi Rojer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar