17 apr 10:30
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer: Men hech kimga taqlid qilmaganman
SHveycariyalik tennis yulduzi jurnalistlar bilan suhbatda hech kimga taqlid qilmaganiga urg'u qaratdi.
“Yoshligimda Boris Bekkerning o'yinlarini ko'rish yoqardi. Keyinchalik Edberning o'yinlari qiziqarli tuyula boshladi. U haqiqatdan ham ajoyib tennischi bo'lgan. Edber faoliyatini yakunlaganidan keyin Pit Samprasning uchrashuvlaridan zavq ola boshlaganman.
Lekin hozirda mening kumirim yo'q. Men hech qachon hech kimga taqlid qilmaganman. Ko'pchilik meni Sampras bilan qiyoslaydi. Bu qiyoslashning asosiy sababi, biz u bilan ko'pincha bir xil formada uchrashuvlarni o'tkazardik. Mening kuchli tomonlarim? Kuchli uzatma va o'ng qo'l zarbasi”, - dedi Federer.
Havola :
Fikrlar