21 jan 07:20
Yangiliklar
Rojer Federer: “Menga Istominning o'yinlari yoqadi”
SHveycariyalik 35 yoshli tennis yulduzi jurnalistlarning Novak Jokovichning Denis Istomindan qabul qilingan mag'lubiyati haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi.
“Ochig'i, bu mag'lubiyatdan hayron qoldim. Boshqa tomondan, menga Denisning o'yini juda ham yoqadi. U hayotda ham ajoyib inson. Hamma bilan chiroyli muomalada bo'ladi. Kuchli tennischi. Zarbalarni ham zargarona tarzda bajaradi.
Lekin baribir ham men uchun natija kutilmagan bo'ldi. Men Denis uchun xursandman. Novak uchun esa albatta, juda ham alamli mag'lubiyat. So'nggi soniyalargacha menda Jokovichning g'alabasiga ishonch saqlanib qolgandi. Ammo, bu sport”, - deydi “Katta Dubulg'a” turkumidagi turnirlarning 17 karra g'olibi.
Malumot uchun, Rojerning o'zi ham Avstraliya Ochiq chempionati muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. U kecha uchinchi davra uchrashuvida chexiyalik Tomash Berdixni 6:2, 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Uning 1/8 finaldagi raqibi yaponiyalik Kei Nisikori (5) bo'ladi.
Fikrlar