14 iyu 11:39
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer: "Nadal ikkimiz Marrey va Jokovichning muvaffaqiyatsizliklaridan foydalandik"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federerning fikricha, faoliyatidagi tanaffus uning foydasiga bo'lgan.
"Men Avstraliya ochiq chempionatida g'olib bo'ldim, keyin esa Indian-Uells va Mayamida g'alaba qozondim. Bundan biroz hayratdaman. Rafaning muvaffaqiyati esa mening yutug'imdek kutilmagan natija bo'lgani yo'q. U Parijda juda ko'p g'olib bo'lgan. Bu safar ham undan buni kutishgandi. Men ham u yana qumli kortlarda g'olib chiqishini kutgandim.
Biz albatta Marrey va Jokovichlarning muvaffaqiyatsizliklaridan foydalanib qoldik. Lekin, ayni paytda ajoyib formadamiz. Tanaffuslar bizning foydamizga ishladi", - deydi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar