16 dek 14:19
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer o'zining sevimli mamlakati haqida gapirdi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer o'zining sevimli mamlakati haqida gapirdi.
"Milan haqida o'ylaganimda ilk sovrinim esga tushadi. O'shanda finalga chiqish uchun Ivanishevich va Kafelnikovni mag'lub etgandim. Men Italiyani yaxshi ko'raman. U erda do'konlarga borish yoqadi.
Bolaligimda Liguriyaga ko'p borardim. Hozir Rimga borib turaman, u erga ko'p marotaba borishni istardim.
Afrika yoki Osiyoga tennischi sifatida ko'proq borishni istardim, ammo bu oson emas. Mening ideal tatilim - oilam bilan tabiat qo'yniga borish. Men oilani yaxshi ko'radigan insonman", - dedi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar